Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yeryong‘oqning yangi navi yaratildi

O‘zbekistonda yeryong‘oqning yangi navi yaratildi

Toshkent davlat agrar universiteti professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Maxfurat Amanova 17 yillik ilmiy izlanishlaridan so‘ng yeryong‘oqning yangi turini yaratdi.

Ta’kidlanishicha, olima yaratgan yangi nav dunyo bozori va mahalliy dehqon fermer xo‘jaliklarining talablarini qondira oladigan ertapishar, serhosil, yirik qizil urug‘li, urug‘i tarkibida moy va oqsil miqdori yuqori bo‘lgan, urug‘ shakli standart talablariga mos, hamda baland poyali hisoblanadi.

Yeryong‘oqning mazkur yangi – «Lider» navi Davlat Reyestriga kiritildi. Uning Amerika, Hindiston va Xitoy navlari bilan to‘liq raqobatlasha olishi, o‘zining eksportbop, serhosil va yirik urug‘li ekani bilan ajralib turishi aytilmoqda. Ma’lum qilinishicha, ushbu nav hosildorligi 6,5 tonnani tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring