O‘zbekistonda eng ko‘p Xitoy investitsiyasi o‘zlashtirilmoqda

O‘zbekistonda o‘zlashtirilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmida qaysi davlatning ulushi yuqori ekani aytildi. Unga ko‘ra, bu sohada Xitoy yaqqol yetakchi.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 120,4 trln so‘mni tashkil etgan.
Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar ulushi 71 foizga yetgan.
O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:
Xitoy – 33 foiz
Rossiya – 10 foiz
Turkiya – 5,2 foiz
Saudiya Arabistoni – 4,7 foiz
Niderlandiya – 3,7 foiz
Germaniya – 3,3 foiz.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy shuningdek, tashqi savdoda ham O‘zbekistonning eng yirik hamkori sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter