Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «DST-Ural» texnikalari ishlab chiqarilishi mumkin

O‘zbekistonda «DST-Ural» texnikalari ishlab chiqarilishi mumkin

Foto: «tm10.ru»

O‘zbekistonning «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ hamda Rossiyaning qishoq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi zavodi hisoblangan «DST-Ural» o‘rtasida memorandum imzolandi. Bu haqda «DST-Ural» zavodi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Xabarda yozilishicha, memorandum «DST-Ural» zavodi direktori Aleksey Sinelnikov, «O‘zagrotexsanoatxolding» kompaniyasi raisi Muxtor Karimov va «Rosinvest» sanoat guruhi bosh direktori Sergey Chebotarenkolar o‘rtasida imzolandi.

«Biz taklif qilgan shartlar shaffof. Biz investorlar bizga kelishi uchun hamma narsani qilamiz. Mamlakatimiz ulkan salohiyatga ega va biz O‘zbekistonda mashinasozlikni rivojlantirishni istaymiz», — deydi Muxtor Karimov.

O‘z navbatida, Aleksey Sinelnikov «Bizga juda yaxshi ish sharoitiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish maydoni taklif etildi. Toshkentdagi hamkorlarimizning do‘stona munosabatda ekanliklari va ulardagi zamonaviy O‘zbekistonda jiddiy ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirishga bo‘lgan samimiy ishtiyoq yuqori ekanligini alohida ta’kidlamoqchiman» deya o‘z fikrlarini bildirdi.

Ushbu memorandum «O‘zagrotexsanoatxolding» majmuasida yo‘l qurilishi va qishloq xo‘jaligi uchun maxsus zanjirli tasma texnikasini ishlab chiqaradigan korxona tashkil etishni nazarda tutadi.

«DST-Ural» — Rossiyadagi qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi zavod hisoblanadi. Zavod 1998-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring