Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi, yevro tushdi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi, yevro tushdi

Foto: «Xabar.uz»

Markaziy bank 7 apreldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 35,88 so‘mga ko‘tarilib, 9 590,10 so‘mni tashkil qilgan.

Yevro kursi bu haftada keskin pasaydi (-272,69) va 10 364,98 so‘m bo‘ldi.

Bir Rossiya rubli ham biroz oshib (3,30) 124,40 so‘mni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, dollar kursi to‘rtinchi haftadirki ko‘tarilishda davom etyapti. Undan avval bir necha hafta davomida tushish kuzatilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring