O‘zbekistonda bugun ob-havo 46°gacha isiydi

Bugun 5 iyulda O‘zbekistonda issiq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 38-43° atrofida bo‘lib, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44-46° gacha isiydi. Bu haqda O‘zgidromed xabar bermoqda.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo xarorati 40-42° gacha isiydi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kechga tomon ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-34° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter