Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mamlakatimizda bolalar orasida koronavirusga chalinish va o‘lim ko‘rsatkichlari qanday?

Mamlakatimizda bolalar orasida koronavirusga chalinish va o‘lim ko‘rsatkichlari qanday?

Foto: «Live24»

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatovaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston bo‘yicha bugungi kunga qadar 89 755 nafar bola karantinga olingan bo‘lib, ularning orasida COVID-19 aniqlanganlar 3932 nafarni (4,3 foiz) tashkil qilmoqda.

COVID-19 aniqlangan bolalarning yoshi bo‘yicha ko‘rsatkichlar:

  • 1 yoshgacha — 190 nafar (4,8 foiz);
  • 3 yoshgacha — 683 nafar (17,4 foiz);
  • 3—7 yosh — 934 nafar (23,8 foiz);
  • 7—18 yosh — 2125 nafar (54 foiz).

3932 nafar kasallanganlar orasida jami sog‘ayganlar — 3293 nafar (83,7 foiz)ni, davolanayotganlar 639 nafar (16,3 foiz)ni tashkil etmoqda.

Hozirgi kunga qadar bolalar orasida kasallikning o‘ta og‘ir kechishi va o‘lim holati kuzatilmagan.

Yuqoridagi ko‘rsatkichlar respublikamizda karantin e’lon qilingan  hamda maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi muassasalari faoliyat yuritmagan davrga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring