Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda benzin taqchilligi yo‘q, barqaror ta’minoti mavjud – energetika vazirligi

O‘zbekistonda benzin taqchilligi yo‘q, barqaror ta’minoti mavjud – energetika vazirligi

Kecha, 12-dekabr kuni kuz-qish mavsumida avtobenzin narxini barqarorlashtirish maqsadida Prezidentning 2023-yil 1-martga qadar Ai-80 markali benzinning aksiz solig‘idan vaqtinchalik ozod qilinganiga oid maxsus qarori qabul qilingan edi. 

Energetika vazirligiga ko‘ra, bu belgilangan muddatda benzin narxi barqaror bo‘lishi ta’minlanadi.

«Mamlakatimizda benzin taqchilligi yo‘q, uning barqaror ta’minoti mavjud, yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi, importning ko‘zda tutilgan hajmi barqaror davom etmoqda. Biroq, havo harorati pasayib borayotganidan foydalanib, ayrim tadbirkorlar yoqilg‘i quyish shaxobchalarida sotilayotgan benzin narxini asossiz ravishda oshirish holatlari ham uchrab turibdi.

Shuni unutmaslik kerakki, O‘zbekiston ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan davlat ekan, bunday hollarda foyda ko‘rishga, sun’iy tanqislik holatini yaratishga yo‘l qo‘ymaydi. Ushbu qaror mish-mishlar va shov-shuvlardan daromad topishga urinayotganlar uchun jiddiy to‘siq bo‘ladi», – deyiladi vazirlik munosabatida.

Vazirlik, shuningdek, fuqarolardan benzinni zaxira qilish uchun xarid qilmaslik, uni yaroqsiz sharoitda saqlamaslikni so‘ramoqda.

«Bu nafaqat sizning oila a’zolaringiz, balki yaqin atrofda yashovchi boshqa insonlarning ham salomatligi va hayotiga tahdid soladi», – deyiladi munosabatda.

Shu bilan birga, vazirlik aholini benzin bilan ta’minlash holati mamlakat rahbariyati nazoratida ekanini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring