Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘payyapti

O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘payyapti

2023-yilning 1-oktyabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 mln 599 ming 764 kishiga yetdi.

Statistika agentligiga ko‘ra, doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga oshgan.

2023-yil boshidan buyon esa O‘zbekiston aholisi 574,8 ming kishiga ko‘paygan. Mazkur raqamlar har bir oy uchun hisoblansa, bu o‘rtacha 63,9 ming kishiga to‘g‘ri keladi.

Bu esa 2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paymoqda, deganidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring