Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda aholi soni 4 milliondan oshgan viloyatlar soni ikkitaga yetdi

O‘zbekistonda aholi soni 4 milliondan oshgan viloyatlar soni ikkitaga yetdi

2024-yil 1-aprel holatiga Samarqand viloyatida yashovchi doimiy aholi soni 4 mln 227,3 ming kishini, shundan erkaklar 2 mln 129,4 ming kishini, ayollar esa 2 mln 97,9 ming kishini tashkil etdi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatida yashovchi doimiy aholi soni 4 mln 9,5 ming kishini, shundan erkaklar 2 mln 58,6 ming kishini, ayollar esa 2  mln 20,9 ming kishini tashkil etgan.

O‘zbekistonda 2024-yil 1-aprel holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 82,3 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,7 kishiga ortgan (2023-yil 1-aprel holatiga 1 kv.km ga 80,6 kishi).

Hududlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 6 826,7 kishi, Andijon viloyatida 792,8 kishi, Farg‘ona viloyatida 603,5 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyati 9,7 kishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12,1 kishini tashkil etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring