O‘zbekistonda atigi 5 foiz otalar farzandi ta’limida ishtirok etadi – statistika
O‘zbekistonda 5 foiz otalar farzandlarining ta’lim jarayonlarida ishtirok etadi. Bu haqda Davstatqo‘m hamda YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ma’lum qilindi.
Mazkur statistika Multindikator klaster kuzatuvi (MICS) natijasi bo‘lib, MICS YuNISEF tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan uy xo‘jaliklarining tanlanma kuzatuv xalqaro dasturi hisoblanadi. Ushbu dastur, asosan bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada taqqoslash imkonini beruvchi ko‘p ko‘rsatkichli ma’lumotlarni yig‘adi va o‘z o‘rinda onalar va bolalar bo‘yicha dunyo miqyosidagi eng yirik statistik ma’lumotlar manbasi ham hisoblanadi.
MICS kuzatuvlari 1995-yildan boshlab 2022-yilga qadar dunyo mamlakatlari o‘rtasida 118 ta davlatda 349 marotaba o‘tkazilgan bo‘lib, O‘zbekistonda esa uchinchi bor tashkil etildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda MICS kuzatuvi tanlab olingan 556 ta mahallada joylashgan 15 mingdan ortiq uy xo‘jaliklarida, joyiga chiqqan holda respondentlar bilan suhbatlashish orqali yig‘ilgan.
MICS kuzatuvi, shuningdek, O‘zbekiston uy xo‘jaliklarining 40 foizida 5 yoshgacha bo‘lgan kamida bitta bola borligini ham ma’lum qilgan.
Ortiqcha vaznli bolalar esa 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar umumiy sonining 5 foizidan kamrog‘ini tashkil qiladi (o‘g‘il bolalar orasida 5 foiz va qizlar orasida 4 foiz).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter