O‘zbekistonda 2022-yilda 2 mingdan ortiq inson YTH sabab vafot etgan
2022-yilda respublika hududida jami sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2086 nafar inson vafot etgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili 9 902 ta YTH sodir etilgan bo‘lib, shulardan 2086 ta holatda o‘lim qayd etilgan. Sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari natijasida 2356 nafar inson vafot etgan bo‘lsa, 9606 nafari turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.
9 902 ta yo‘l-transport hodisasining 345 tasi ayollar, 9 557 tasi erkaklar tomonidan sodir etilgan.
Eng ko‘p yo‘l-transport hodisalar belgilangan tezlikka rioya qilmaslik oqibatida sodir etilgan (1 577). Eng kam YTH svetofor yoki yo‘l belgisi o‘rnatilmaganligi sababli kelib chiqqan (214).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter