Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 748 555ta test sinovi o‘tkazildi

O‘zbekistonda 748 555ta test sinovi o‘tkazildi

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi 14 kun davomida tasdiqlangan 937 ta kasallanish holatidan 412 nafari (47%) — aholi orasidan, 525 nafari (53%) — xorijdan kelgan fuqarolarda aniqlangan.

Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 49 117 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda.

Ularning 26 794 nafari — uy sharoitida, 22 323 nafari — statsionar sharoitda karantinga olingan.

Respublika bo‘yicha 45 ta PZR (polimeraz-zanjirli reaksiya) laboratoriya kompleksida ish samaradorligi yuqori quvvatga ega, ekspress usulda ishlaydigan 75 ta PZR jihozlari kunu-tun ishlamoqda va bu jarayonga 137 nafar tajribali vrach-virusolog jalb qilingan.

Mavjud virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda — 18 655ta, epid mavsum davomida — 748 555ta test sinovi o‘tkazildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring