O‘zbekistonda 60 yoshdan oshganlar soni ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgan.
Statistika agentligi ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi tarkibida 60 yoshdan yuqori yoshdagilar soni qariyb 3,5 mln kishini tashkil etgan.
Bu O‘zbekistonning jami doimiy aholisining 9,4 foizga yetgan.
Ma’lumot uchun, 2024 yil 1 aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 mln kishini tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter