Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston yoshlari Urugvayga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston yoshlari Urugvayga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston yoshlar jamoasi Argentinada o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. 

Ravshan Haydarov shogirdlari Montevideoda mezbon Urugvay U-20 jamoasiga qarshi maydonga tushib, 70 va 90+4-daqiqalarda to‘p o‘tkazib yubordi.

Bellashuv tarixdagi ilk mundial o‘tkazilgan «Sentenario» stadionida bo‘lib o‘tdi. 

O‘rtoqlik o‘yini

Urugvay U-20 — O‘zbekiston U-20 2:0

13 may, «Sentenario»

Gollar: Diaz (70, penalti), Duarte (90+4).

O‘zbekiston U-20 — Boymurodov, O‘rozov, Husanov, Ortiqboyev, Abdurahmatov, Mahamadjonov, Asqarov, Rahmonaliyev, Esanov, Fayzullayev, Xoldorxonov. 

Zaxiradagilar: Kenjayev, Nemanov, Ahrorov, Ashurov, Po‘latov, Abdurazzoqov, Akramov, Rahmatullayev, Ne’matjonov, Turdimurodov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring