O‘zbekiston yoki Qozog‘iston? Osiyo chempionati yarim finaliga yo‘l olgan bokschilar
Tailandda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha 2024 yilgi Osiyo chempionati yarim finalida Qozog‘iston terma jamoasini 19 nafar, O‘zbekiston terma jamoasini esa 20 nafar bokschi himoya qiladi.
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasidan yarim finalga o‘n bir nafar bokschi yo‘l oldi: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev (48 kg), Asilbek Jalilov (51 kg), Shahzod Muzaffarov (54 kg), Mirazizbek Mirzahalilov (57 kg), Adhamjon Muhiddinov (63,5 kg), Mujibillo Tursunov (67 kg), Havasbek Asadullayev (71 kg), Javohir Ummataliyev (75 kg), To‘rabek Habibullayev (80 kg), Jasurbek Yo‘ldoshev (86 kg) va Jahongir Zokirov (92+ kg).
Ayollar o‘rtasida to‘qqiz nafar sportchi yarim final janglarida ishtirok etadi: Farzona Fozilova (48 kg), Sabina Boboqulova (50 kg), Feruza Kazakova (52 kg), Aziza Yoqubova (54 kg), Nigina O‘ktamova (57 kg), Navbahor Hamidova (66 kg), Aziza Zokirova (75 kg), Sohiba Ro‘zmetova (81 kg) va Oltinoy Sotimboyeva (81+ kg).
Qozog‘iston erkaklar terma jamoasining o‘n nafar bokschisi yarim finalda ishtirok etadi: Sanjar Tashkenbay (48 kg), Mahmud Sabirxon (54 kg), Orazbek Asikilov (57 kg), Dulat Bekbauov (67 kg), Ablayxon Jusupov (71 kg), Dias Moljigitov (75 kg), Erasil Jakpekov (80 kg), Bekzat Nurdauletov (86 kg), Sag‘indiq Tog‘ambay (92 kg) va Aibek Oralbay (92+ kg).
Ayollar o‘rtasida to‘qqiz nafar sportchi: Aygerim Satyboyeva (48 kg), Jazira Urakboyeva (52 kg), Uljan Sarsenbek (57 kg), Viktoriya Grafeyeva (60 kg), Aida Abikeyeva (63 kg), Milana Safronova (66 kg), Natalya Bogdanova (70 kg), Diana Magauyayeva (75 kg), Gulsaya Erjan (81 kg) va Eldana Talipova.
Qit’a chempionati yarim finali bahslari bugun ayollar o‘rtasida, ertaga erkaklar o‘rtsasda o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter