Hukumat qarori: O‘zbekiston yog‘och importi miqdorini kamaytirmoqchi
![Hukumat qarori: O‘zbekiston yog‘och importi miqdorini kamaytirmoqchi](https://static.xabaruz.com/crop/1/2/720_460_95_1208782557.jpg)
Yog‘ochsozlik sanoati xomashyo bazasini mustahkamlash va sohani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori (84-son, 19.02.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, respublikada yog‘ochsozlik sohasining xomashyo bazasi mustahkamlanadi, mebel sanoatining barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish orqali yog‘och importi hajmi kamaytiriladi.
Qarorga muvofiq, 2021–2022 yillarda respublika hududlarida:
● qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 3 173 gektar zaxiradagi yerlarda;
● o‘rmon fondining jami 1 327 gektar tog‘oldi va adir yerlarida yong‘oq, chinor, shumtol, qayrag‘och hamda boshqa mebelbop daraxt turlari ekiladi.
Mazkur plantatsiyalarni tashkil etish uchun jami 2 783,6 ming dona ko‘chat yetishtirish nazarda tutilgan.
2021-yil 10-martdan boshlab mebel sanoatida yog‘och xomashyosi sifatida foydalaniladigan pavlovniya, yong‘oq, chinor, shumtol, qayrag‘och hamda boshqa daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etuvchilarga zarur ko‘chat ekish materiallari shartnoma asosida yetkazib beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 10 oyida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 471,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter