Yog‘och-qirindili plitalar importi qisqartiriladi
Yog‘och-qirindili plitalar hamda ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish rivojlantiriladi. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Hujjat bilan, 2020 yil 1 yanvardan boshlab yog‘och-qirindili plitalar va ularning muqobil turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga muayyan investitsion majburiyatlar asosida tabiiy qamishzorlarni 10 yildan kam bo‘lmagan muddatga bepul foydalanishga berish ko‘zda tutilgan.
Xususan, mazkur soha korxonalariga 2020 yil 1 yanvardan 2022 yil 1 yanvarga qadar quyidagi soliq va bojxona imtiyozlari berilishi mumkin:
- foyda solig‘i, yer va mol-mulk solig‘i;
- respublikada ishlab chiqarilmaydigan qamish, g‘o‘zapoya o‘rib olinishi va ulardan yog‘och-qirindili plitalar, shuningdek ularning muqobil turlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan texnik vositalar, asbob-uskunalar va ularning butlovchi, ehtiyot qismlari uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etish.
Qayd etilishicha, respublikaga import qilinayotgan 1 metr kub yog‘och-qirindili plitalar va ularning muqobil turlariga 2020 yil 1 yanvardan bashlab qat’iy 25 AQSh dollari hamda 2021 yil 1 yanvardan 30 AQSh dollari miqdorida aksiz solig‘i joriy etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter