Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning xorijdan yog‘och importi salmoqli ravishda oshdi

O‘zbekistonning xorijdan yog‘och importi salmoqli ravishda oshdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 42 ta xorijiy davlatlardan qiymati 350,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan.

Yog‘och va yog‘och mahsulotlarini importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 64,5 mln. AQSh dollariga oshgan.

O‘tgan 7 oy mobaynida import qilingan yog‘och va yog‘och mahsulotlarining eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar:

- Rossiya – 310,0 mln.
- Xitoy – 11,2 mln.
- Eron – 9,4 mln.
- Belorus – 5,3 mln.
- Qozog‘iston – 4,7 mln.
- Turkiya – 3,3 mln.
- Qirg‘iz R. – 1,6 mln.
- Ukraina – 1,6 mln.
- Germaniya – 803,2 ming AQSh dollari

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring