O‘zbekiston «yagona Xitoy» siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi – O‘zbekiston TIV
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tayvan atrofidagi vaziyatga munosabat bildirdi. Rasmiy bayonot matni «Dunyo» AAning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Bayonotda keltirilishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tayvan atrofidagi vaziyatning rivojlanishi munosabati bilan yuzaga kelgan keskinlik tezroq pasayishiga umid bildiradi.
Shuningdek, O‘zbekiston «yagona Xitoy» siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi.
«O‘zbekiston xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yor va tamoyillariga muvofiq «yagona Xitoy» siyosatini, ushbu mamlakat suvereniteti, hududiy yaxlitligini izchil qo‘llab-quvvatlaydi», – deyiladi bayonotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter