Xotin-qizlar qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi boshlandi (foto)
Bugun 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi majlislar zalida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi boshlandi. Unda Qo‘mitaning so‘nggi besh yillik faoliyati yakunlari sarhisob qilinmoqda.
Barchaga ma’lumki, mamlakatimiz aholisining qariyb 50 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
Ularning orasida vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari, parlament azolari, mahalliy hokimlik, jamoat tashkilotlari rahbarlari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Hozirda davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1 ming 388 nafar xotin-qizlar rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda, 3 mingga yaqin nomzodlar kadrlar zahirasiga kiritilib, ularning kasbiy o‘sishlari yuzasidan alohida dasturlar asosida tegishli ishlar olib borilmoqda.
Xotin-qizlar qo‘mitasi qisqa davr ichida 8 ta davlat va 11 ta nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumlari hamda qo‘shma qarorlar qabul qilinib, birgalikda amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda bandlik dasturlari asosida xotin-qizlar uchun yaratilayotgan doimiy ish o‘rinlari har yili ortib bormoqda va bu borada muayyan natijalarga erishilmoqda.
Birgina, joriy yilning o‘zida xotin-qizlar qo‘mitalari va aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan 245 ming nafardan ortiq ishsiz xotin-qizlar bandligini ta’minlashga erishildi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan 2018-yilning o‘tgan davri davomida 2 ming 346 ta kichik sexlar tashkil etilib, 16 ming nafarga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.
Jumladan, 2018 yildan boshlab og‘ir turmush sharoitida yashayotgan hamda mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan ayollar, ayniqsa yosh xotin-qizlar bandligini ta’minlash Xotin-qizlar qo‘mitalarining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilandi.
2018-yilda 10 ming nafarga yaqin og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollar bandligi ta’minlandi va ushbu maqsadlar uchun 38 mlrd. 261 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Tijorat banklari tomonidan xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, oilaviy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida kreditlar ajratish ohirgi ikki yil davomida qariyb 2 barobarga oshirildi.
Jumladan, 2014-2016-yillar davomida tijorat banklari tomonidan xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyati uchun jami 3,8 trln. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan bo‘lsa, 2017-2018-yillarda 6,1 trln. so‘m kredit ajratilgan.
Bundan tashqari xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining tashkil etilganligi hamda Fond mablag‘lari hisobidan har yili 100 mlrd. so‘m mablag‘ yillik 7 foizlik kredit sifatida ajratilayotganligi xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandlikka keng jalb etishga keng imkoniyatlar bermoqda.
Respublika bo‘yicha 47 ming nafarga yaqin og‘ir turmush sharoitida yashayotgan, shundan 14 ming 600 nafar nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning ro‘yxatlari shakllantirilib, ular bilan manzilli ishlar olib borildi.
Ularning 14 ming nafariga tibbiy yordam ko‘rsatildi, 13 ming 500 nafarining bandligi ta’minlandi, 22 ming nafariga 21 mlrd. so‘m miqdoridagi moddiy yordamlar berildi.
Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan 1 ming 464 nafar og‘ir turmush sharoitida yashayotgan va nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga arzon uy-joylar uchun 54,6 mlrd. so‘m boshlang‘ich badal pullari to‘lab berildi.
Og‘ir ijtimoiy vaziyatga hamda ruxiy tushkunlikka tushib qolgan xotin-qizlarga yordam berish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida hududlarda 130 ta Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilatatsiya qilish va moslashtirish markazlari tashkil etildi.
Mahallalar kesimida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga moyilligi bo‘lgan 62 ming nafardan ziyod xotin-qizlarning aniq ro‘yxatlari shakllantirilib, ularga murabbiylar biriktirildi.
Olib borilgan profilaktik ishlar natijasida respublika bo‘yicha xotin-qizlar jinoyatchiligi mos ravishda 2016- yilda 5 foizga, 2017-yilda 11 foizga kamaygan bo‘lsa, 2018-yilda 35,7 foizga kamayishiga erishildi.
Turli diniy ekstremistik oqimlar a’zolari bo‘lgan ayollarni sog‘lom hayotga qaytarish borasida olib borilgan ishlar natijasida 3 ming nafardan ziyod ayollar maxsus ro‘yxatdan chiqarildi.
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida sud jarayonlarida qo‘mita vakillarining ishtirokini ta’minlash tizimi joriy etilishi natijasida, 2018-yilda 113 nafar jinoyat va 780 nafar huquqbuzarlik sodir etgan xotin-qizlar kafillik asosida jazodan ozod etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter