Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevroosiyo mamlakatlari uchun Huawei «Raqamli hamjamiyat 2021» konferensiyasi o‘tkazildi

Yevroosiyo mamlakatlari uchun Huawei «Raqamli hamjamiyat 2021» konferensiyasi o‘tkazildi

Foto: Huawei

Huawei kompaniyasi 26-27-oktyabr kunlari Moskvada «Raqamli hamjamiyat 2021» (HDCC 2021) konferensiyasini o‘tkazdi.

AKT sohasidagi yetakchi mutaxassislar, hamkorlar, hukumat vakillari va OAV vakillari ishtirokidagi anjumanda raqamlashtirishning asosiy trendlari, shuningdek, Yevroosiyoda  axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish ehtiyojlari muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zbekistondan ham delegatsiya ishtirok etib, Rossiyaning raqamli hamjamiyatni rivojlantirish tajribasi hamda raqamli transformatsiyaning asosiy global trendlari bilan tanishdi.

Moskvada har yili o‘tkaziladigan «Raqamli hamjamiyat» (HDCC) tadbiriga 26-oktyabr kuni start berildi. HDCC 2021ni Huawei kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasidagi prezidenti Daniel Chjou «Biz AKT sanoati uchun birgalikda qiymat yaratamiz» mavzusidagi nutqi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida Huawei kompaniyasi Yevroosiyo mamlakatlariga sarmoya kiritishda, iste’dodlarni tayyorlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirishda, sanoatni global raqamlashtirishning ilg‘or tajribalari bilan birlashtirishda va sanoatni raqamlashtirishda hamda AKT sanoatining barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash sohasida innovatsiyalarni ilgari surish uchun asosiy hamkorlar bilan ishlashda davom etishini ta’kidladi.

Foto: Huawei

Daniel Chjou Huawei kompaniyasi faoliyati natijalari qisqa taqdimotini o‘tkazdi. Operatorlik biznesi sohasida Huawei dunyodagi eng yaxshi 5G tarmoqlaridan birini yaratish uchun global operatorlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda, butun dunyo bo‘yicha 700 dan ortiq shahar va Fortune 500 ro‘yxatiga kiruvchi 267 ta kompaniya Huaweini raqamli transformatsiya bo‘yicha hamkor sifatida tanladi va asta-sekin 5GtoB ekotizimi yaratilmoqda. Bulutli biznes jadal rivojlanmoqda: Huawei Cloud bir qator sohalarda keskin yangiliklarni amalga oshirishi va intellektual modernizatsiya uchun mijozlar tomonidan eng ko‘p tanlanishi hisobiga Xitoyda ikkinchi yirik bulut va dunyoda beshinchi yirik bulutga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida kompaniyaning o‘sish ko‘rsatkichlari o‘zining barqarorligini saqlab qoldi: daromad 49,6 milliard dollarga yetdi, sof foyda esa 9,8 foizni tashkil etdi.

Huawei kompaniyasi internetga ulanish, hisoblash va bulutli texnologiyalar kabi sohalarga o‘z sarmoyalarini ko‘paytirmoqda va turli mijozlarga ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda xizmatlar ko‘rsatmoqda. O‘n yillik AKT tajribasiga tayangan holda, Huawei kompaniyasi innovatsiyalarni joriy etishda davom etmoqda va barcha sohalarda raqamlashtirishni amalga oshirish hamda internetga to‘liq ulangan va aqlli dunyoga o‘tishni tezlashtirish uchun juda ko‘p kompaniyalar bilan hamkorlik qilmoqda.

«Intellektual dunyoga yetib borishimizga juda oz qoldi, Yevroosiyo mamlakatlari rahbariyati bu o‘zgarishlar bilan hamnafas. Huawei raqamlashtirish sohasidagi asosiy ishtirokchilardan biri sifatida tarixiy imkoniyatlar, shu bilan birga muammolarga ham duch kelmoqda, birgalikda porloq kelajak sari borishning eng yaxshi usuli bu o‘zaro hamkorlik qilishdir», — dedi Daniel Chjou.

Daniel Chjou nutqini shunday tugalladi: «Yolg‘iz o‘zimiz ko‘p ish qilishimiz mumkin, biroq birgalikda yanada ko‘prog‘iga qodirmiz!».

HDCC 2021 konferensiyasi bulutli ekotizimni yaratish, raqamli energetika, iqtisodiyotni raqamlashtirish strategiyalari va uning muammolari, aloqa operatorlarining foydalanuvchi tajribasini yaxshilash, yakuniy foydalanuvchilar uchun ekotizim yaratish strategiyalari kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bir qator forumlar, sammitlar va yalpi majlislarni birlashtirdi. Tadbir doirasida, shuningdek, innovatsion yechimlar va texnologiyalar ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi.

Raqamli energetika va dekarbonizatsiya HDCC 2021 konferensiyasida asosiy mavzulardan biri bo‘ldi va «Yevrosiyo mamlakatlari uchun raqamli energetika sammiti»da muhokama qilindi.

2020 yilda raqamli iqtisodiyot jahon YaIMning 43,7 foizini tashkil etdi — 32,6 trillion AQSh dollari. Raqamli iqtisodiyot misli ko‘rilmagan sur’atlarda o‘sib borayotgani hammaga ma’lum. Shu bilan birga, global iqlim o‘zgarishi tufayli uglerod neytralligi butun dunyo mamlakatlari uchun muhim muammoga aylandi. Bugungi kunga kelib, dunyo chiqindilarining 80 foizini chiqaruvchi (BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konvensiyasiga a’zo) 137 ta davlat chiqindilar chiqarishni nolinchi darajagacha tushirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan. Energetikani raqamlashtirish va dekarbonizatsiyani jadallashtirish maqsadida Huawei kompaniyasida yaxshi va yanada musaffo kelajak yaratish uchun raqamli texnologiyalarni birlashtiruvchi raqamli energetika bo‘linmasiga asos solindi.

Foto: Huawei

Yevroosiyodagi raqamli energetika bo‘linmasining bosh direktori Syu Xay tadbirning ochilish marosimidagi nutqida raqamli energetika departamenti past darajali uglerod chiqindilari chiqariladigan aqlli jamiyat qurish g‘oyasini qo‘llashini ma’lum qilib, samaradorlikni oshirish va barqaror rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida mijozlar va hamkorlar bilan birgalikda ish olib borish zarurligini ta’kidladi.

Tadbir bo‘yicha batafsil ma’lumotlar, shuningdek, onlayn translyasiya videoyozuvi mana bu yerda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring