Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi HUAWEI nova 12 turkum smartfonlari: tashqi va ichki go‘zallik ramzi

Yangi HUAWEI nova 12 turkum smartfonlari: tashqi va ichki go‘zallik ramzi

HUAWEI nova smartfonlarining har bir avlodi ilg‘or texnologiyalar asosida yaratilib, zamonaviy va ajoyib dizayn, kuchli kameralarga ega, a’lo darajadagi funksiyalar va intellektual muloqotni ta’minlovchi innovatsiyalar qo‘llangan.

Yangi — nova 12 turkumiga kiruvchi HUAWEI nova 12s, HUAWEI nova 12se hamda HUAWEI nova 12i modellarida bu afzalliklar yanada yaqqol aks etgan — qurilmalarning texnik xususiyatlari va funksiyalari bilan yaqindan tanishib, bunga amin bo‘lishingiz mumkin.

HUAWEI nova 12s, HUAWEI nova 12se

Har ikki smartfon turli narx segmentlariga mansub bo‘lsa-da, yuqori ko‘rsatkichli ob’yektivlar va HUAWEI SuperCharge Turbo 2.0 66 Vt tezkor quvvatlash texnologiyasi ularni birlashtirib turadi.

HUAWEI nova 12s smartfoni dizaynida ultrakengburchakli frontal kamera, asosiy ultraob’yektiv bilan birga, 6,88 mm ultrayupqa korpus diqqatga sazovor jihatlar hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, ko‘zni quvnatuvchi, foydalanish uchun juda qulay smartfon.

HUAWEI nova 12s hamda HUAWEI nova 12se qurilmalarida AOD (ekran-zastavkani doimiy aks ettiruvchi) texnologiya qo‘llangan OLED-displeylar o‘rnatilgan bo‘lib, tegishli ravishda o‘lchamlari 6,7 dyuym (yangilanish chastotasi 120 Gs) va 6,67dyuym (90 Gs)ni tashkil etadi. Muhim narsalarni o‘tkazib yubormaslik uchun smartfonlarning muntazam o‘zgarib turadigan foniga joriy vaqt, kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va ilovalardagi bildirishnomalarni chiqarish mumkin.

Yangi smartfonlar uch xil rangda taklif etilmoqda. HUAWEI nova 12s ranglari — ko‘k, oq va qora. Bu modelning farqli jihati — g‘ayrioddiy dizayni: zamonaviy yorqin ranglardagi orqa paneliga noyob bezakli teksturalar tushirilgan, asosiy kamerasi orbital halqa ko‘rinishidagi o‘zgacha uslubda ishlangan.

HUAWEI nova 12se ranglari — yashil, oq va qora. Bu qurilma nisbatan jiddiyroq tashqi ko‘rinishga ega. Ort panelida, yaltiramaydigan maxsus qoplama borligi uchun, barmoq izlari qolmaydi. Shuning barobarida, smartfon korpusi juda o‘zgacha tovlanishi bilan ajralib turadi.

HUAWEI nova 12s — 60 MP 100° kenglikdagi f/2.4 diafragmali ultrakengburchakli frontal kamera, 50 MP XD Portrait Engine texnologiyasini qo‘llovchi f/1.9 diafragmali asosiy ultakamera, shuningdek, 8 MP f/2.2 diafragmali keng burchakli makromodul.

HUAWEI nova 12se — 32 MP f/2.45 diafragmali frontal kamera, uchtalik asosiy kamera: 108 MP yuqori o‘lchamli f/1.9 diafragmali modul, 8 MP f/2.2 diafragmali ultrakengburchakli modul hamda 2 MP f/2.4 diafragmali makromodul.

Har ikki smartfon 8 GB operativ, 256 GB ichki xotiraga ega.

Smartfonlar akkumulyatorlari sig‘imi — 4500 mAs, HUAWEI SuperCharge Turbo 40 Vt rejimi (66 Vt simli quvvatlagich maksimal kuchiga maxsus kabel va HUAWEI SuperCharge 66 Vt quvvatlash adapteri yordamida erishish mumkin) 32 daqiqa ichida 100 foiz quvvatlash imkonini beradi.

HUAWEI nova 12i

Yuqori sifatli 108 MP ob’yektivli, HUAWEI SuperCharge Turbo 40 Vt tezkor quvatlagichli va 5000 mAs sig‘imli batareyaga ega HUAWEI nova 12i ni siz kun bo‘yi quvvat tugashidan xavotirlanmasdan ishlata olasiz.

Smartfonning 6,7 dyuymli ekranida AOD (ekran-zastavkani doimiy aks ettiruvchi) texnologiya qo‘llanilgan. Muhim narsalarni o‘tkazib yubormaslik uchun smartfon displeyiga joriy vaqt, kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va ilovalardagi bildirishnomalarni chiqarish mumkin.

Smartfon ikki xil — yashil va qora ranglarda taqdim etilgan. Yulduzli halqani eslatuvchi kamera dizaynida elementlarning did bilan joylashtirilganini ko‘rish mumkin. Korpusidagi maxsus qoplama esa smartfonga chinakam futuristik ko‘rinish baxsh etgan.

HUAWEI nova 12i smartfonining asosiy kamerasi 108 MP yuqori sifatli f/1.9 diafragmali ob’yektiv hamda 1/1,67 dyuymli katta sensordan iborat. Kamerada qo‘llanilgan «1 da 9» piksellarni birlashtirish texnologiyasi katta miqdordagi yorug‘likni bitta pikselda joylash imkonini beradi. Smartfonning selfi-kamerasi 8 MP f/2.0 diafragmali ob’yektivda ishlaydi.

Foydalanuvchilarga HUAWEI nova 12i smartfonlari ikki xil ichki xotirada (128/256 GB) taqdim etilmoqda.

Smartfonning 5000 mAs sig‘imli akkumulyatorini HUAWEI SuperCharge Turbo 40 Vt rejimida 30 daqiqa ichida 62 foizgacha quvvatlantirish mumkin.

EMUI 14 interfeysi

HUAWEI nova 12s, HUAWEI nova 12se hamda HUAWEI nova 12i smartfonlarida yangilangan EMUI 14 interfeysi tatbiq etilgan, u ma’lumotlarni yuqori darajada himoyalash imkoniyatlariga ega bo‘lib, foydalanuvchilar tajribasi yangi bosqichga olib chiqilgan. Maxfiylik markazi shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega ilovalar haqida ma’lumot to‘plab, qulay formatda vizuallashtiradi. Natijada foydalanuvchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni oson kuzatish va ularning oldini olish imkoniga ega bo‘ladilar. Xavfsizlik markazi esa viruslar va zararli dasturlarlarni aniqlash uchun tizimni avtomat tarzda skanerlab, ma’lumotlar o‘g‘irlanishining oldini oladi.

Operatsion tizimdagi so‘nggi yangilanishlar bilan boshqa yangi opsiyalar ham paydo bo‘ldi. Endi personal emodzili fonlar yaratish mumkin. «Interaktiv ko‘rinish» funksiyasi bilan esa real vaqt tartibida taqdim etilayotgan xizmatlarni kuzatsa bo‘ladi. SuperHub 2.0 funksiyasining yangi versiyasida kontentni bir qurilmadan ikkinchisiga uzatishda vaqtincha saqlangan kontentni va fayllarni guruhli uzatish bir bosishda amalga oshadi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring