Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xorijga anor eksportini oshirdi

O‘zbekiston xorijga anor eksportini oshirdi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-fevral oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 5,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 4,9 ming tonna anor eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi. 

Anor eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.

O‘zbekiston 2022-yilning dastlabki ikki oyida eng ko‘p anor eksport qilgan davlatlar:

- Rossiya – 2,5 ming tonna
- Qozog‘iston – 1,7 ming tonna
- Tojikiston – 492 tonna
- Qirg‘iz R. – 239 tonna

Ikki oyda xorijga eng ko‘p anor eksport qilgan hududlar:

- Qashqadaryo viloyati – 998 tonna

- Surxondaryo viloyati – 823 tonna

- Toshkent viloyati – 767 tonna

- Farg‘ona viloyati – 661 tonna

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring