Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo vafot etdi

O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo vafot etdi

O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo Yusupov vafot etdi. Bu haqda jurnalist Karim Bahriyev ma’lum qilgan.

Shukrullo Yusupov 1921-yil Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Xalq shoiri unvonidan tashqari, Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. 

Uning dastlabki she’riy to‘plami «Birinchi daftar» va «Qalb qo‘shiqlari» 1949-yilda nashr etilgan.

Ijodkor  «Javohirlar sandig‘i», «Kafansiz ko‘milganlar», «Tirik ruhlar» kabi xotira asarlar muallifi ham sanaladi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring