O‘zbekiston vaksina sotib olish uchun qancha sarflashi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina sotib olish va umumiy tadbirlar uchun 3 trillion so‘m ajratiladi. Bu haqda Moliya vaziri Timur Ishmetov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisida ma’lum qildi.
«Sog‘liqni saqlash tizimidagi jami tadbirlar uchun 4 trillion so‘m, shu jumladan koronavirusga qarshi kurash tadbirlari va vaksina sotib olish harajatlari uchun 3 trillion so‘m ajratish rejalashtirilmoqda», deya qayd etdi vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Xitoy vaksinasi bilan sinov emlash jarayonlari boshlangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter