O‘zbekiston va Xitoy xalqaro yuk tashuvchilariga viza tizimini yengillashtirmoqchi
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov XXR transport vaziri Li Syaopen bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq muhim masalalar muhokama etilgan.
«Xususan, vazirlar «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish, Andijon –O‘sh – Irkeshtom – Qashg‘ar multimodal transport koridorini rivojlantirish, xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga vizalarni yengillashtirilgan tartibda berish, shuningdek, o‘zaro hamkorlikda yangi multimodal transport koridorlarini shakllantirish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi», – deyiladi vazirlik xabarida.
Uchrashuvda, shuningdek muhokama etilgan yo‘nalishlarda kelishilgan masalalarni amalga oshirish maqsadida ikki davlat ishchi guruhlari yig‘ilishini yaqin orada o‘tkazishga kelishib olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter