Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Turkiya muftiylari muhim hujjatga imzo chekdi

O‘zbekiston va Turkiya muftiylari muhim hujjatga imzo chekdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi o‘rtasida diniy sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan Anglashuv memorandumi ma’qullandi.

Hujjatga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari hamda Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi raisi, doktor Ali Erbosh janoblari imzo chekdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabariga ko‘ra, ikki davlat muftiylari turkiy xalqlar zaminidan yetishib chiqqan minglab olimu mutafakkirlar Islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgani, binobarin, ikki davlat diniy idoralari o‘rtasida aloqalarni yanada mustahkamlash har tomonlama zarurligi, bunda esa yangi imzolangan memorandum muhim asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlagan.

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida diniy sohada ham robitalar kengaymoqda.

Avval xabar berganimizdek, 2022-yil aprel oyida Istanbulda tarixiy Fotih madrasasining qayta ochilishida turkiy dunyo diniy yetakchilari qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi ham ishtirok etgan.

O‘tgan yil oktyabr oyida esa Turkiy davlatlar tashkiloti musulmon diniy tashkilotlari rahbarlari kengashining nizomi tasdiqlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring