Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada Imamog‘luning hibsga olinishi ortidan namoyishlar boshlanib ketdi

Turkiyada Imamog‘luning hibsga olinishi ortidan namoyishlar boshlanib ketdi

Turkiyaning Xalq Respublikachilar partiyasi (CHP) tomonidan prezidentlikka nomzodi qo‘yilgan Istanbul meri Ekrem Imamog‘luning hibsga olinishi ortidan Turkiyada ommaviy namoyishlar boshlanib ketdi.

Namoyishchilar amaldagi prezident Erdo‘g‘onga muxolif sanalayotgan Imamog‘luning hibslanishini siyosiy qatag‘on deb atamoqda. Mamlakatning turli hududlarida merning o‘n minglab tarafdorlari lozung va shiorlar ko‘tarib ko‘chaga chiqqan.

Ma’lumot uchun, seshanba kuni Istanbul universiteti Turkiya Bosh prokuraturasining so‘roviga binoan Imamog‘luning diplomini bekor qilganini e’lon qilgan edi. Bu unga prezidentlikka nomzodini qo‘yishga to‘sqinlik qiladi.

Chorshanba kuni esa, mahalliy OAV huquq-tartibot idoralari Imamog‘lunining uyida tintuv o‘tkazgani va unga aloqador yuzga yaqin kishiga nisbatan hibsga olish orderlari berilgani haqida xabar tarqatdi.

Istanbul prokuraturasi Ekrem Imomog‘lu va boshqalarni turli jinoyatlar, jumladan, jinoiy tashkilotchilik, tamagirlik, poraxo‘rlik, firibgarlik va noqonuniy tenderlarda gumonlamoqda.

O‘z navbatida, Istanbul meri «buyuk zulmga duch kelgani, ammo taslim bo‘lmasligi»ni, kurashni davom ettirishini aytgan murojaati tarqaldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring