O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida muhim shartnomalar imzolandi
O‘zbekiston va Tojikiston delegatsiyalarining keng tarkibdagi muzokaralari yakunlanganidan so‘ng, ikki mamlakat o‘rtasida turli sohalarda bitim va shartnomalarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti va davlatlararo strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.
«Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma kelgusi yuz yillar davomida hali ko‘p bora eslanadi, bu tarixda qoladigan hujjat bo‘ldi. Biz eng yaqin qo‘shnilarmiz. Bugun 27ta hujjat imzoladik. Bu imzolangan hujjatlar real natijalar olib keladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, quyidagi sohalarda o‘zaro bitimlar imzolandi:
- Ikki davlat Kasaba uyushmalari federatsiyalari o‘rtasida;
- Milliy teleradiokompaniyalar o‘rtasida;
- «O‘zA» milliy axborot agentligi va «Hovar» milliy axborot agentligi o‘rtasida;
- Surxondaryo viloyati va Xatlon viloyatlari o‘rtasida;
- Samarqand viloyati va So‘g‘d viloyatlari o‘rtasida;
- Fanlar akademiyalari o‘rtasida;
- Din ishlari qo‘mitalari o‘rtasida;
- O‘simlik karantini sohasida ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasida;
- O‘zbekiston o‘simliklar inspeksiyasi va Tojikiston oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi o‘rtasida;
- Madaniyat vazirliklari o‘rtasida;
- Adliya vazirliklari o‘rtasida;
- O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va Tojikiston yoshlar va sport ishlari qo‘mitasi o‘rtasida;
- O‘zbekiston davlat boshqaruvi akademiyasi va Tojikiston davlat xizmatlari agentligi o‘rtasida;
- Geodeziya, xaritasozlik va kadastr qo‘mitalari o‘rtasida;
- Harbiy texnikalar masalasida ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasida;
- Hukumatlararo ta’lim hujjatlarini tan olish va pedagoglarning malakasini oshirishda hamkorlik qilish masalasida oliy ta’lim vazirliklari o‘rtasida;
- Qishloq texnologiyalari yig‘ishda hamkorlik masalasida ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasida;
- Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida (davlat chegaralari, elchixonalarga yer ajratish, chegara postlaridan o‘tish va boshqa masalalar bo‘yicha);
- Metrologiya va standartlashtirish, iste’molchilar huquqini himoya qilish hamda boshqa masalalar yuzasidan ikki davlat Bosh vazir o‘rinbosarlari o‘rtasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter