Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Rossiya xavfsizlik tahdidlari bo‘yicha konferensiya o‘tkazadi

O‘zbekiston va Rossiya xavfsizlik tahdidlari bo‘yicha konferensiya o‘tkazadi

Joriy yilning 20 sentyabrida Toshkent shahrida «Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda «Valday» xalqaro munozara klubi hamkorligida tashkil etiladi.

Ushbu konferensiya institut hamda klub o‘rtasida 2019 yil Samarqandda boshlangan muloqotning davomi bo‘lib, O‘zbekiston va Rossiya ekspertlarining hamkorlikdagi ikkinchi tadbiri hisoblanadi.

Tadbirda ikki mamlakatning yuqori martabali vakillari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenkolar qatnashishadi.

Shu bilan birga, Toshkentdagi platformada ikki davlatning yetakchi mutaxassislari ham, jumladan, O‘zbekiston tomonidan – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov, Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Anvar Nosirov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Jumayev, shuningdek, Rossiya tarafidan – «Yandeks Go» kompaniyasining korporativ aloqalar bo‘yicha direktori Aleksandr Visotskiy, Rossiya temir yo‘llarining xorijiy loyihalar va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Anton Kozlov, «Valday» xalqaro munozara klubini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi boshqaruvi raisi Andrey Bistritskiy, «Valday» xalqaro munozara klubini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tadqiqotlari direktori Fyodor Lukyanov, «Valday» xalqaro munozara klubi dastur direktori Timofey Bordachev va boshqalarning ham ishtirokida ko‘zda tutilgan.

Konferensiyaning ochilish, birinchi sessiyasi, shuningdek yopilish qismi ommaviy axborot vositalari va keng auditoriya uchun ochiq bo‘lib, internet orqali onlayn-translyasiya qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring