O‘zbekiston va Rossiya mudofaa vazirlari strategik sheriklik rejasini imzoladi

O‘zbekiston mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhamedov va Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov tomonidan 2030 yilgacha strategik sheriklik rejasi imzolandi. Bu haqda RF mudofaa vazirligi xabar berdi.
«O‘zbekiston G‘alabaga qanchalik hissa qo‘shganini biz unutmaymiz. Albatta, o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarning Qizil maydondagi paradda qatnashishi tub qonuniy mohiyatga ega», — dedi Belousov.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter