Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va OTB o‘rtasida 3,5 mlrd dollarlik Memorandum imzolandi

O‘zbekiston va OTB o‘rtasida 3,5 mlrd dollarlik Memorandum imzolandi

Joriy yilning 4-5 may kunlari Tbilisi shahrida Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 57-yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. «Kelajak sari ko‘prik» umumiy shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etgan.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabariga ko‘ra, tadbir doirasida vazir o‘rinbosari Xurram Teshabayev va OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov umumiy qiymati 3,5 milliard AQSh dollarlik 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirish bo‘yicha Memorandumni imzolagan.

Dasturda har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan va «O‘zbekiston – 2030» Strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq bo‘lgan loyihalar o‘rin olgani aytiladi. Biroq aynan qaysi loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha hujjatlar imzolangani bo‘yicha aniq ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1995 yilda OTBga a’zo bo‘lgan va 1998 yilda OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ochilgan. Hozirda OTB tomonidan O‘zbekiston suveren portfeliga taqdim etgan mablag‘larning umumiy hajmi 12 milliard dollarga yetdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring