O‘zbekiston uchun Aqtau dengiz portiga yo‘l ochilmoqda
Qozog‘istonning Aqtau dengiz porti rahbariyati o‘zbekistonlik kompaniyalardan yuk tashish bo‘yicha buyurtmalarni qabul qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu haqda «Dunyo» AA o‘z muxbiriga tayanib xabar berdi.
Mazkur kelishuvga O‘zbekistonning Aqtau shahridagi bosh konsuli va «Aqtau dengiz savdo porti» boshqaruv raisi Abay Turikpenbayev o‘rtasidagi uchrashuvda erishilgan.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston mahsulotlarini Aqtau porti orqali yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarga yuborish bo‘yicha masalalarni muhokama qilishdi.
Qozog‘istonning Aqtau dengiz porti Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘og‘ida bir nechta xalqaro transport yo‘laklari kesishgan nuqtada joylashgan bo‘lib, bu Eron, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Turkmaniston yo‘nalishida quruq yuklar, neft va neft mahsulotlari sharqdan g‘arbga, shimoldan janubga va ortga 12 oy davomida tashish imkoniyatini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter