Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Foto: Sputnik

2019-yilning 22-28-iyul kunlari Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston Hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Tadbirda Davlat chegarasining ayrim uchastkalarida demarkatsiya chizig‘ini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi hamda keyingi uchrashuvlarda mazkur masala bo‘yicha qaror variantlarini taqdim etishga kelishildi.

Muzokaralar yuqori darajada tashkillashtirildi hamda do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tdi.

Uchrashuv so‘nggida delegatsiyalar rahbarlari To‘lqin Abdullayev va Mamed Mamedov yakuniy Bayonnomani imzoladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring