O‘zbekiston Tojikistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, koronavirus tarqalishining oldini olishga ko‘maklashish uchun Tojikiston Respublikasiga insonparvarlik yordami jo‘natildi.
Tojik xalqiga yuborilgan do‘stona yordam ham ko‘z ilg‘amas ofatni bartaraf etish uchun birinchi navbatda ehtiyoj seziladigan tibbiy buyum va vositalar hamda oziq-ovqat mahsulotidan tarkib topgan.
Insonparvarlik yukida epidemiyaga qarshi kurashda zarur bo‘ladigan himoya kombinezonlari va ko‘zoynaklari, suyuq natriy gipoxloridi, respiratorlar, qo‘lqop hamda pirometrlar, shuningdek, un mahsulotlari bor.
9-aprel kuni insonparvarlik yordami yuklangan poyezd Surxondaryo viloyatidan Dushanbe shahriga jo‘nab ketgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekiston Xitoy, Afg‘oniston, Qirg‘iziston kabi davlatlarga ham yordam jo‘natgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter