O‘zbekiston termasi ilk bor olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Bugun, 29 aprel kuni Qatarda U23 Osiyo kubogi yarim final bahslari boshlandi. Unda O‘zbekiston hamda Indoneziya termalari bahs yuritdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 68-daqiqada Husayn Norchayev hisobni ochgan bo‘lsa, 86-daqiqada raqib futbolchisi o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, farqni ikkitaga oshirdi.
Shu tariqa O‘zbekiston ilk bor olimpiadaga yo‘l oldi.
Yarim finalning ikkinchi bahsi Yaponiya va Iroq termalari o‘rtasida aniqlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter