O‘zbekiston termasi Eronning mag‘lubiyatsiz cyeriyasiga nuqta qo‘yadimi?
JCh-2026 saralashidan o‘rin olgan bahslar doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 21-noyabr kuni 18:00 da Eronga qarshi maydonga tushadi.
Turkmaniston ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, o‘zbekistonlik futbolchilarni oldinda muhim uchrashuv kutmoqda. Yillar davomida Eron O‘zbekiston milliy terma jamoasiga azaliy raqiblaridan biri bo‘lib kelgan.
Forslar 2022-yil AQSh bilan o‘yindagi mag‘lubiyatidan keyingi 10 ta o‘yindan beri biror uchrashuvda mag‘lubiyatni qayd etmadi.
Eron - Rossiya 1:1
Eron - Keniya 2:1
Eron - Afg‘oniston 6:1
Qirg‘iz Respublikasi - Eron 1:5
O‘zbekiston - Eron 0:1
Bolgariya - Eron 0:1
Eron - Angola 4:0
Iordaniya - Eron 1:3
Qatar - Eron 0:4
Eron - Gonkong 4:0
«Hamma tushunib turibdi – qiyin va muhim o‘yin kutyapti. Xudo xohlasa, barcha yigitlar o‘yinga tayyor. Uyda muxlislar, ya’ni 12-o‘yinchi bilan o‘ynaymiz. Ularning qo‘llab-quvvatlashi bizga qo‘shimcha kuch bo‘ladi. Kerakli natija – g‘alaba uchun o‘ynaymiz», – deydi jamoa sardori Eldor Shomurodov Eronga qarshi bahs oldidan.
Ma’lum qilinishicha, bosh murabbiy tomonidan bugungi kunda barcha asosiy o‘yinchilar jamoa mashg‘ulotlariga jalb qilingan. Tarkibda jarohat olganlar va yo‘qotishlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 21-noyabr kuni soat 18:00 da «Milliy» stadionda boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter