«O‘zbekiston temir yo‘llari» yangi xizmat turini taqdim etdi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tadbirkorlarga (yuk egalari) yana bir qulaylik yaratilganligini ma’lum qildi.
Ya’ni, davlatlararo va yurtimizdagi ichki yo‘nalishlarda harakat tarkibining turi va uning maqbul yo‘nalishlarini tanlash, xarajat (tarif)lari, yetkazib berish muddatlari va qo‘shimcha temir yo‘l xizmatlari to‘g‘risida maslahat berish bo‘yicha yangi interfaol xizmat turini taqdim etildi.
Yangi xizmatdan foydalanish uchun, dushanba – juma kunlari soat 09:00dan 18:00gacha (99871) 238-87-92 raqamiga telefon qilish yoki [email protected] elektron manziliga kechayu kunduz murojaat etish mumkin.
Mazkur xizmat test rejimi davrida bepul taqdim etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter