«O‘zbekiston temir yo‘llari» poyezd chiptalariga chegirmalar e’lon qildi
«Fuqarolarimizning Yangi yil bayramini munosib kutib olish va dam olish kunlarida yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilib, maroqli hordiq chiqarishlariga imkoniyat yaratish maqsadida qabul qilingan mazkur farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan 2018-yil 30- dekabrdan 2019-yil 3-yanvargacha mahalliy va tezyurar «Afrosiyob» poyezdlari chiptalariga chegirmalar joriy qilindi» deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Chegirmalar pensionerlar, nogironlar, 1941-1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgani uchun (ma’lumotnoma, guvohnoma taqdim etilgan holda)– 50%;
-Oliy o‘quv yurti talabalariga (guvohnoma taqdim etilgan holda) – 50%;
-Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, 18 yoshga to‘lmagan farzand ota yoki onasi bilan birga bo‘lganda)nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda– 30%;
-Jamoa bo‘lib sayohatga chiqqan korxona va tashkilotlar xodimlari (4kishi va undan ortiq buyurtma)ga,maktab, kolledj, va litsey o‘quvchilariga – 20% miqdorida joriy etilgan.
Bayram oldi va bayram kunlari imkoniyati cheklangan shaxslar va jamoa bo‘lib sayohatga chiqqan korxona va tashkilotlar xodimlari uchun alohida chiptaxona faoliyat ko‘rsatadi.
Taqdim etilgan chegirmalar haqida ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga soat 08:00 dan 20:00 gacha qo‘ng‘iroq qilib murojaat qilishingiz mumkin:
Vokzallar nomi: Toshkent-Markaziy Toshkent-Janubiy Guliston Jizzax Samarqand Qarshi Navoiy Buxoro Termez Urgench Shovot Xiva Nukus Qo‘qon Marg‘ilon Andijon |
1005 (qisqa raqamlari orqali) 71 236 45 20 67 225 36 12 72 222 02 17 95 560 01 42 75 227 24 65 66 225 59 07 65 524 73 32 76 227 03 86 62 225 61 11, 62 225 67 32 62 345 17 80 62 375 22 21, 62 375 22 24 61 223 29 58 73 543 17 33 , 73 543 12 16 73 237 57 28 74 228 42 85 |
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter