«O‘zbekiston temir yo‘llari» Navro‘z munosabati bilan ichki yo‘nalishlarda chegirmalar joriy etdi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Navro‘z bayrami munosabati bilan 21—24-mart kunlari ichki reyslarga chegirmalar joriy etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabarida ma’lum qilingan.
Chegirmalardan quyidagi tartibda joriy etilgan:
-pensionerlar, nogironlar, 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar — 50 foiz chegirma;
-maktab o‘quvchilari, kollej, litsey va OTMlar talabalari, IIV, Mudofaa vazirligi, DXX, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa mahkamalar tizimidagi maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari va tinglovchilari (guvohnomalar taqdim etilganda) — 15 foiz;
-oilalar (ikki kishidan — er va xotin, er, xotin va ularning 18 yoshgacha bolalari; 18 yoshgacha farzandi bilan ota yoki ona, nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etilganda) — 15 foiz;
-jamoalar (to‘rt va undan ortiq kishi) — 15 foiz.
Qo‘shimcha qilinishicha, «Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdlarining barcha toifadagi yo‘lovchilariga 10 foizlik chegirmalar taqdim etiladi.
Kuni kecha «O‘zbekiston temir yo‘llari» xalqaro yo‘nalishlarga chegirmalar e’lon qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter