Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Dehqonobodda ag‘darilgan poyezd voqeasiga izoh berdi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Dehqonobodda ag‘darilgan poyezd voqeasiga izoh berdi

Foto:«Daryo-LIVE»

Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning «Dehqonobod—Boysun—Qumqo‘rg‘on» yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketgani xabar berilgan edi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati  ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yil 30-aprel kuni soat 21:25 da poyezd harakatining o‘ng tomonida yer ko‘chkisi sodir bo‘lgan.

Yer ko‘chkisi vaqtida ushbu uchastkadan Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdi harakatlanayotgan edi va poyezdning 3 ta vagoni xarakatdan to‘xtagan. Mazkur poyezd ishchi-xodimlari (brigadasi) tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirilgan tezkor sa’y-harakati tufayli barcha yo‘lovchilar poyezdning qolgan vagonlariga ko‘chirilgan va joylashtirilgan. Mazkur holatda jabrlanganlar yo‘q. Barcha buyum va xujjatlar o‘z egalariga yetkazilgan.

Soat 22:10 da poyezd «Dehqonobod» stansiyasiga yetib borgan. U yerda yo‘lovchi poyezdi to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan, shuningdek, yo‘lovchilarni joylashtirish maqsadida qo‘shimcha ikkita vagon ulangan. Sariosiyo – Toshkent yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdi o‘z manziliga yetib borgan.

Hozirgi vaqtda, shikastlangan temir yo‘lning ustki qismi to‘liq sozlanib, po‘lat izlari tiklandi va yuk tashish va yo‘lovchi poyezdlarning harakatlanishi belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yilgan.

Ko‘chki sodir bo‘lgan hudud «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xodimlari tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring