O‘zbek razvedkachilari Pokistonda rekord qayd etdi
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi Pokistonda bo‘lib o‘tgan Xalqaro «Jamoa ruhi» musobaqasida rekord natija bilan g‘olib bo‘lishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Musobaqa shartlariga ko‘ra, jamoalar 80 km gacha bo‘lgan marshrut bo‘yicha harakatlanib, turli mashqlarni bajardilar.
O‘zbekiston jamoasi qur’aga binoan birinchi nazorat nuqtasidan o‘ninchi bo‘lib harakatlanishni boshlagan bo‘lsada, musobaqaning uchinchi nazorat nuqtasiga qolgan jamoalardan 6 soat oldin yetib bordi va eng yuqori ballni qo‘lga kiritdi.
9 ta davlatdan 16 ta razvedka jamoalari o‘zaro bellashishgan musobaqa yakuni bo‘yicha:
- O‘zbekiston jamoasi (2 850 ball);
- Marokash jamoasi (1 860 ball);
- Shri-Lanka (2 010 ball) va Saudiya Arabistoni (1 900 ball).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter