O‘zbekiston Qozog‘istonga insonparvarlik yordami yubordi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga muvofiq Qozog‘iston Respublikasida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar ko‘rgan aholiga insonparvarlik yordami yuborildi.
Insonparvarlik yordami yukini shakllantirish hamda belgilangan manzilga yetkazib berish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi.
Insonparvarlik yordami yukini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.Xudaybergenov boshchiligidagi ishchi guruh Qozog‘iston Respublikasiga yetkazib beradi.
15 ta katta yuk hajmli avtoulovlardagi insonparvarlik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari, ayollar, bolalar va erkaklar ust-bosh kiyim-kechaklari, ko‘rpacha, yoping‘ich, yostiqlar, gigiyenik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq to‘plamlari va boshqa zarur mahsulotlar o‘rin olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter