O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida 3 ta nazorat punkti qayta ochiladi
Ijtimoiy tarmoqlarda qirg‘iz segmentida o‘zbek tomoni O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi devorni buzayotgani aks etgan video tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, video Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati va O‘zbekistonning Andijon viloyati chegarasida suratga olingan.
Aytilishicha, bu chegara nazorat o‘tkazish punktlarining barchasi yaqin orada ochiladi. Qirg‘iziston tomoni ham bu punktlar orqali fuqarolarning o‘tib-qaytishini qayta boshlashga to‘liq tayyor.
Ikki davlat rasmiylari o‘rtasida qo‘shimcha nazorat-o‘tkazish punktlarini ochish haqidagi kelishuv so‘nggi bir necha yil ichida muhokama qilingan. Nazorat-o‘tkazish punktlarini ochishdan maqsad transport yuk oqimlarining tranzitini tushirishdir.
Ma’lumot uchun, Mazkur chegara nazorat o‘tkazish punkti 2010 yilda O‘zbekiston tomonidan birtomonlama berkitilgan edi. O‘shanda O‘sh viloyatiga o‘tuvchi "Qorasuv" va "Qorabag‘ish"o‘tkazish punktlari berkitilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter