O‘zbekiston prezidenti Jozef Baydenga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining janubi-sharqiy shtatlarida yuz bergan kuchli «Ien» to‘foni oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan Prezident Jozef Baydenga ta’ziya yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
«Interfaks» Sky News telekanaliga asoslanib xabar berishicha, «Ien» to‘foni oqibatida Florida va Shimoliy Karolina shtatlarida qurbonlar soni 77 nafarga yetgan, o‘n mingdan ortiq odam bedarak yo‘qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter