Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston pochtasi» firibgarlik haqida ogohlantirdi

«O‘zbekiston pochtasi» firibgarlik haqida ogohlantirdi

Ayni vaqtda «O‘zbekiston pochtasi» AJ nomidan ba’zi ijtimoiy tarmoqlar va «Telegram» messenjerida «Samsung Galaxy S10» mobil telefonini yutib olish imkoniyati mavjudligi borasida amalga oshirilayotgan aksiya haqida spam-xabar tarqatilmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Sovrinni olish uchun ishtirokchilarga 18 000 so‘m miqdoridagi yetkazib berish to‘lovini amalga oshirish taklif etilmoqda.

Shu sababli «O‘zbekiston pochtasi» AJ hech qanday promoaksiyalarni o‘tkazmayotgani va tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatdan yiroq ekanligini ma’lum qilgan.

«Ushbu firibgarlikdan ehtiyot bo‘lishingizni, o‘z shaxsiy ma’lumotlaringizni, shu jumladan, plastik kartangiz ma’lumotlarini hech kimga bermaslikni, shuningdek, kartalarga, internet-hamyonlarga yoki boshqa yo‘l bilan oldindan to‘lovni o‘tkazmaslikni so‘raymiz», — deya qayd etilgan xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring