O‘zbekiston mudofaa vazirligiga Mi-35M vertolyotlari yetkazildi
![O‘zbekiston mudofaa vazirligiga Mi-35M vertolyotlari yetkazildi](https://static.xabaruz.com/crop/2/1/720_460_95_2192652999.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi ixtiyoriga to‘rtta Mi-35M vertolyoti yetkazib berildi. Ayni vaqtda vertolyotlar Toshkent xalqaro aeroportida bo‘lib turibdi. Xabar qilinishicha, Rossiya tomoni umumiy hisobda 12 ta jangovar-transport vertolyotlari yetkazishi lozim.
Mi-35M vertolyotlari dushmanning zirxli texnikasini yo‘q qilish va quruqlikdagi qo‘shinlarni havodan qo‘llab-quvvatlash xususiyatiga ega. U zamonaviy qurol-yaroqqa ega bo‘lib, har qanday ob-havo sharoitida ucha oladi.
Mi-35M odamlarni tashish uchun ham mo‘ljallangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter