Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston» mehmonxonasiga xaridor chiqmayapti

«O‘zbekiston» mehmonxonasiga xaridor chiqmayapti

Foto: «O‘zA»

Shu yilning fevral oyida «O‘zbekiston» mehmonxonasi sotuvga qo‘yilgani xabar qilingandi. Hatto uni sotib olishga talabgor ham topilgani aytilgandi. Lekin ulkan mehmonxona hali ham o‘z egasini topmagan ko‘rinadi.

O‘zA ma’lum qilishicha, bir vaqtlar Toshkentning ramzlaridan biri sanalgan mehmonxona yana sotuvga qo‘yilgan. Narx ham o‘zgarmagan – o‘sha 33 million AQSh dollari.

Darvoqe, ko‘pchilik sotuvga faqat mehmonxona qo‘yilgan, deb o‘ylayotgan bo‘lsa adashadi. «O‘zbekiston» mehmonxonasi kompleksiga shu hududdagi barcha inshootlar (ikkita restoran, umumiy ovqatlanish shoxobchasi, anjumanlar zali va h.k) kiradi.

«O‘zbekiston» mehmonxonasi Toshkentning qoq markazida joylashgan bo‘lib, aeroport va temir yo‘l vokzaliga yaqinligi hamda qulay joylashuvi bilan mijozlarning e’tiborini o‘ziga tortadi. Ushbu mehmonxonaning davlat ulushini sotib olish bo‘yicha tenderda ishtirok etish uchun murojaat etuvchi yoki uning vakolatli vakili Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga ariza berishi lozim.

Tanlov o‘tkazilmagan, deb hisoblangan taqdirda takroriy tanlov dastlabki tanlov o‘tkazilgan kun (2019-yil 11-iyun)dan boshlab har o‘n ish kunida bir marta o‘tkazilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring