O‘zbekiston Londonga yangi elchisini yubordi
O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshan Usmonov Londonga yetib bordi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.
Ravshan Usmonov 2018 yildan buyon Malayziyada elchi edi. U 45 yoshda. Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Toshkent davlat yuridik instituti (hozirgi universitet) bitiruvchisi.
2000 yildan Tashqi ishlar vazirligining tashqi siyosat bo‘limida ish boshlagan, markaziy apparatda va O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasida turli lavozimlarda ishlagan. Keyin u Tashqi ishlar vazirligining Yevropa davlatlari va NATO bilan hamkorlik bo‘yicha direksiyasini boshqargan. Fransiyadagi elchi, shuningdek, Italiya va Portugaliyada ham ishlagan.
Ravshan Usmonov 2019 yildan buyon Londondagi elchi lavozimida ishlab kelgan Said Rustamov o‘rnini egalladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter