Buyuk Britaniya elchixonasi xodimlari Erondan olib chiqildi

Buyuk Britaniya o‘z elchixonasi xodimlarini Erondan evakuatsiya qildi.
Britaniya hukumati “hozirgi xavfsizlik holati"ni hisobga olib, ehtiyot chorasi sifatida xodimlarni Erondan evakuatsiya qilish qarorini qabul qilgan.
Elchixonamiz masofadan turib ishlashda davom etmoqda, deyiladi hukumat bayonotida.
London va Tehron turli sabablarga ko‘ra bir-birini dushman davlatlar deb atagan bo‘lsa-da, ular o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar saqlanib qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 12 iyun kuni Isroilning hujumlari fonida uning Eron bilan munosabatlari juda keskinlashdi. Isroil zarbalari ortidan Eron ham yahudiy davlati hududlariga zarba berdi. O‘rtadagi vaziyat tarangligicha qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter